
- 0
- 23.12.2025 15:26:00
- 1 min read
Rossiyada, Moskva viloyatidagi maktabda 16-dekabr kuni pichoqlab o‘ldirilgan 10 yoshli Qobiljon Aliyevning onasiga Tojikiston hukumati uy taqdim etdi. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi. Uy topshirilgan tafsilotlar va aniq tartib hozircha ochiqlanmagan. Qobiljonning qarindoshlari oila hozir yordamga muhtoj emasligini ma’lum qildi va bank hisob raqamlariga pul o‘tkazmaslikni so‘radi. Oila va uyga Tojikistonning turli hududlaridan odamlar hamdardlik bildirishga kelmoqda. Qobiljon Aliyevni Rossiyalik o‘smir maktabda pichoqlab o‘ldirgan, hujum milliy nafrat asosida sodir etilgan deb baholangan. Hozirda gumonlanuvchi vaqtinchalik hibsda. Hodisa ortidan Tojikiston va Rossiya prezidentlari uchrashib, tergov va jazolanishni shaxsan nazorat qilishga kelishib oldi.