Mehmonxona xodimasi jahl ustida odamlarga tashlanib, restoranni vayron qildi

Mehmonxona xodimasi jahl ustida odamlarga tashlanib, restoranni vayron qildi
  • 0
  • 21.07.2026 18:44:00
  • 1 min read

Dominikan Respublikasining Punta-Kana shahridagi mehmonxonada xodimalardan biri mehmonlar va hamkasblariga hujum qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro vaqtida xodima avval bir erkak mehmonni likopcha bilan urgan, so‘ng unga va uning hamrohiga turli buyumlarni uloqtira boshlagan. Bu paytda boshqa mehmonlar xavfsiz joyga chekinishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, xodima qahva apparatini ag‘darib yuborgan, blenderlar va boshqa oshxona jihozlariga zarar yetkazgan. Voqea xavfsizlik xodimlari aralashganidan keyingina nazorat ostiga olingan. Ayrim manbalarga ko‘ra, mojaro xodima va mehmon o‘rtasidagi kelishmovchilikdan keyin boshlangan. Holat yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News