Toshkentda issiq suv va issiqlik tariflari 15 foizga oshadi

Toshkentda issiq suv va issiqlik tariflari 15 foizga oshadi
  • 8
  • 28.10.2025 16:30:00
  • 1 min read

Toshkent shahar hokimligi qarori bilan Veolia Energy Tashkent aholiga ko‘rsatayotgan issiq suv va issiqlik ta’minoti xizmatlari narxini 15 foizga oshiradi.

Yangi narxlar quyidagicha:

Aholi uchun — 139 860 so‘m/Gkal
Byudjet tashkilotlari uchun — 952 797 so‘m/Gkal
Boshqa tashkilotlar uchun — 342 296 so‘m/Gkal

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.
Rasmiylarga ko‘ra, hozir aholining to‘lovi umumiy xarajatning atigi 18 foizini qoplaydi, qolganini shahar byudjeti to‘lab beradi.
Hukumat 2030-yilgacha bu subsidiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilishni rejalashtirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News