
- 7
- 30.10.2025 19:07:00
- 1 min read
Samarqandda YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi boshlandi. Shavkat Mirziyoyev konferensiyada nutq so‘zladi va uning doirasida uchrashuvlar o‘tkazdi.


Prezident YUNESKO bilan hamkorlikni kengaytirish va insonparvarlik, ta’lim, madaniyat sohalaridagi umumiy maqsadlarga erishish zarurligini ta’kidlab quyidagi beshta tashabbusni ilgari surdi:
1. Inklyuziv ta’lim va sun’iy intellekt – barcha bolalarga teng ta’lim imkoniyatini yaratish, “Sun’iy intellekt – maktab” loyihasi va xalqaro ekspertlar anjumanini tashkil etish.
2. Nomoddiy madaniy merosni saqlash – “Hujjatli meros xalqaro kuni”ni belgilash, raqamli meros instituti va Buxoroda kongress o‘tkazish.
3. Xotin-qizlar yetakchiligini rivojlantirish – YUNESKO akademiyasi va Ayollar uchun global forum tashkil etish.
4. Iqlim o‘zgarishi va ekologiya – “YUNESKO Ekologik poytaxti” tashabbusi, madaniy merosni iqlim ta’siridan himoya qilish va Xivada simpozium.
5. Axborot xavfsizligi va media savodxonlik – bolalar madaniy kontenti festivali va YUNESKO media strategiyasini ishlab chiqish.
Shuningdek, Mirziyoyev dinlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash va islom madaniyati orqali radikalizm va islomofobiyaga qarshi kurashish zarurligini ta’kidladi.
