
- 0
- 01.01.2026 11:08:00
- 1 min read
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida yangi yil kechasi 154 yillik tarixga ega Vondelkerk cherkovi yong‘in sabab qulab tushdi. Yong‘in sababli atrofdagi ko‘chalar yopildi, bir qancha uylar evakuatsiya qilindi. Hukumat bu tarixiy ob’ektni saqlab qolishning iloji yo‘qligini ma’lum qildi. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Vondelkerk cherkovi bir asrdan ko‘proq vaqt davomida katolik cherkovi bo‘lib xizmat qilgan va so‘nggi yillarda tadbirlar o‘tkazish uchun ishlatilgan.