Kuyovini o‘ldirishga “killer” yollagan amma

Kuyovini o‘ldirishga “killer” yollagan amma
  • 0
  • 12.05.2026 10:23:00
  • 1 min read

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 54 yoshli ayol oilaviy kelishmovchiliklar sabab kuyovini avval “aqlini kiritib qo‘yish”, keyin esa o‘ldirish uchun ikki kishini 40 mln so‘m evaziga yollagani aniqlandi.
Huquq-tartibot organlari tomonidan suiqasd sahnalashtirilib, videotasvir ayolga yuborilgan. Ayol esa “buyurtma bajarilgani”dan xursand bo‘lib, kelishilgan pulning bir qismini ijrochilar kartasiga o‘tkazgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News