
- 5
- 28.11.2025 10:11:00
- 1 min read
O‘zbekistonda tezyurar poyezdlarni mahalliy zavodlarda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmatovning aytishicha, jarayon chet ellik hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar yakunida yo‘lga qo‘yiladi va ishlab chiqarish 2027-yilda boshlanishi kutilmoqda.
Yiliga 10 ta poyezd ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning narxi import qilinayotgan tezyurar poyezdlardan 10–15 foizga arzon bo‘ladi. Mahalliy ishlab chiqarish ish o‘rinlari yaratadi, soliqlar O‘zbekistonda to‘lanadi va eksport orqali valyuta tushadi.
Poyezdlar nafaqat mamlakat ichida, balki Markaziy Osiyo, Kavkaz va MDH davlatlariga ham yetkazib beriladi.