
- 0
- 12.01.2026 09:53:00
- 1 min read
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida joylashgan Shagirlik–quyi yura-2 izlov qudug‘ida sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi aniqlandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” xabar berdi. Quduq Ustyurt mintaqasidagi “Mo‘ynoq” koni yaqinida joylashgan bo‘lib, 2026-yil 10-yanvarda 5265 metr chuqurlikkacha burg‘ilangan. 5265–5061 metr oralig‘ida katta bosimdagi gaz uyumlari qayd etildi.
Mazkur maydon 3D seysmik tadqiqotlar asosida tayyorlangan. Gaz zaxiralarini yanada aniqlash maqsadida ushbu hududda 3 va 4-sonli yangi izlov quduqlarini burg‘ilash rejalashtirilmoqda.