
- 0
- 21.05.2026 17:37:00
- 1 min read
Turkiyadagi Hatay viloyatining Antakya tumanida kuzatilgan kuchli yomg‘ir ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Aniqlanishicha, to‘xtovsiz yog‘gan yomg‘ir sababli tumandagi ko‘chalar, ayrim uy va ish joylarini suv bosgan. Jumladan, uy qulab tushib, bir kishi vafot etgan. Uy vayronasi ostidan esa, qutqaruv ekipajlari tomonidan 3 kishining hayoti saqlab qolingan. Shuningdek, yo‘l o‘pirilishi oqibatida, mashina soyga qulab, haydovchisi vafot etgan.
Hozirda tumandagi ba’zi yo‘llar yopilib, transport harakati bir yo‘nalishda amalga oshirilmoqda hamda qutqaruv ishlari davom etmoqda.