Saida Mirziyoyeva AQSHda yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva AQSHda yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazdi
  • 0
  • 08.04.2026 11:34:00
  • 1 min read

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vashington shahrida AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida uchrashdi. Unda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi natijalari hamda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar investitsiya loyihalari portfeli kengayib borayotganini qayd etdi. Shuningdek, Saida Mirziyoyeva AQSHning O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishdagi hissasini yuqori baholadi.

Shu bilan birga, u AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) rahbari Ben Blek bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Unda yirik investitsiya loyihalari muhokama qilinib, DFC tomonidan amerikalik sarmoyadorlarni jalb etish va investitsiya xatarlarini kamaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, 2026-yilda qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News