
- 12
- 06.05.2026 14:29:00
- 1 min read
Niderlandiyaga tegishli “MV Hondius” kruiz kemasida hantavirus infeksiyasi aniqlanib, 3 nafar yo‘lovchi vafot etdi, yana bir necha kishi kasallandi.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, virus laboratoriya tahlillari orqali tasdiqlangan va vaziyat hozir o‘rganilmoqda. Bemorlardan biri og‘ir ahvolda. Kema Kabo-Verde yaqinida bo‘lib, bortida qariyb 150 kishi bor. Kasallanganlar orasida Niderlandiya va boshqa davlat fuqarolari ham mavjud. Ispaniya kemani qabul qilishga rozi bo‘ldi, hozirda xalqaro tashkilotlar yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish va vaziyatni nazoratga olish choralarini ko‘rmoqda.
Hantavirus kemiruvchilar orqali yuqadi va og‘ir holatda o‘pka hamda yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Maxsus davosi yo‘q.