
- 0
- 27.01.2026 14:29:00
- 1 min read
Endilikda haj va umr safarlariga borish uchun fuqarolar “Haj va umra yagona portali” orqali ro‘yxatdan o‘tishi shart. Haj safarlari 2026-yil 1-fevraldan, umraga borish esa 1-maydan portal orqali amalga oshiriladi. Portal orqali ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilar safarlarni tashkil eta olmaydi. Umra tadbirini tashkil etuvchi yuridik shaxslar va Musulmonlar idorasi portalga 1-aprelga qadar ulanadi. Portal orqali fuqarolar navbatga onlayn yozilish, hujjatlarni rasmiylashtirish va byurokratik jarayonlarsiz ro‘yxatdan o‘tish imkoniga ega. Manzil o‘zgarganda navbat saqlanishi yoki yangidan ro‘yxatga qo‘yilishi mumkin. Hajga boruvchi fuqarolar tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi, umra safarida esa tibbiy ko‘rik ixtiyoriy bo‘lib, davlat yoki xususiy muassasalarda amalga oshiriladi.