Turkiyadagi litseyga qurolli hujum: 16 kishi yaralandi

Turkiyadagi litseyga qurolli hujum: 16 kishi yaralandi
  • 0
  • 14.04.2026 19:05:00
  • 1 min read

Turkiyaning Shanliurfa viloyatidagi litseyda qurolli hujum sodir bo‘ldi. Oqibatda 16 kishi — o‘quvchilar va o‘qituvchilar jarohatlangan. Voqeadan so‘ng maktabdagi o‘quvchilar evakuatsiya qilinib, hududga politsiya va tez yordam kuchlari jalb etilgan.
Ma’lum qilinishicha, hujumchi 2007-yilda tug‘ilgan, mazkur maktabning sobiq o‘quvchisi bo‘lgan. U politsiya tomonidan qurshab olingach, o‘z joniga qasd qilgan. 
Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News