
- 0
- 05.02.2026 09:55:00
- 1 min read
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola dunyodagi siyosiy va insoniy voqealarga oid ochiq gapirdi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab sodir bo‘layotgan insoniy va siyosiy fojialar barchamizning ko‘zimiz o‘ngida ro‘y bermoqda, ularni e’tiborsiz qoldirish yoki befarq bo‘lish mumkin emas. Bu masala insoniyatning jiddiy va hal qilinishi zarur bo‘lgan umumiy muammosi hisoblanadi. Gvardiola Falastinni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidlab, G‘azo, Ukraina, Rossiya hamda Sudanda tinch aholi o‘limlari uni chuqur iztirobga solayotganini aytgan.