Gruzincha salat 🤗

Gruzincha salat 🤗
  • 21
  • 14.11.2026 17:19:00
  • 1 min read

Masalliqlar:
1 dona pechda pishirilgan lavlagi
bir bonka ko‘k no‘xat
2 dona qizil piyoz
100 gr yong‘oq
biroz kashnich va petrushka
3 osh qoshiq zaytun yoki o‘simlik yog‘i
1 dona sarimsoq
biroz tuz va maydalangan qora murch
1 choy qoshiq Xmeli-suneli ziravori
2 osh qoshiq limon sharbati

Tayyorlanishi:
Lavlagini gulli pichoq yordamida o‘rtacha kattalikda kesib chiqib, idishga soling. Keyin qolgan masalliqlarni maydalab to‘g‘rab qo‘shing. Oxirida ko‘k no‘xat, tuz, ziravorlar va yog‘ solib, yaxshilab aralashtiring. Gruzincha salatimiz tayyor!

Yoqimli ishtaha🥰

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News