
- 0
- 04.07.2026 11:48:00
- 1 min read
Bugun, 4-iyul kuni tongda Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi O‘rikzor bozorida joylashgan oziq-ovqat do‘konida yong‘in yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa haqida soat 04:26 da xabar kelib tushgan.
Qutqaruvchilar voqea joyiga 9 daqiqa ichida yetib borib, yong‘inni soat 04:48 da qurshab olgan. Oradan 13 daqiqa o‘tib, soat 05:01 da yong‘in to‘liq o‘chirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida do‘konning 150 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rgan.
Hodisa natijasida jabrlanganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.