
- 0
- 07.02.2026 16:49:00
- 1 min read
Fransiyaning Grenobl shahri markazida joylashgan go‘zallik saloniga granata tashlandi. Portlash oqibatida olti kishi, jumladan 5 yoshli bola yengil jarohat olgan. Jabrlanganlarga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ular kasalxonaga yotqizilmagan. Portlashni uyushtirganlar qochib ketgan. Hujum sabablari hozircha noma’lum.