
- 0
- 30.04.2026 17:15:00
- 1 min read
Piyoda yurib rekordlar o‘rnatgan qozog‘istonlik 76 yoshli Sarsenbay Kotiyrashev Parijgacha piyoda borib, “Faxriy sport xodimi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. U safarni Belgraddan 3-mart kuni boshlab, 53 kun ichida Serbiya, Vengriya, Avstriya, Germaniya va Fransiya orqali qariyb 3 ming kilometr yo‘lni bosib o‘tdi. Parijda uni diplomatlar va UNESCO vakillari kutib oldi.
Endi otaxon AQSH bo‘ylab — Atlantika okeanidan Tinch okeanigacha piyoda yurishni rejalashtirmoqda. Uning asosiy maqsadi 40 ming kilometr yo‘l bosib, eng yoshi katta piyoda sayohatchi sifatida Ginnes rekordiga kirishdir.