
- 2
- 02.02.2026 11:04:00
- 2 min read
2-fevralga o‘tar kechasi Los Anjelesda 68-sonli “Grammy” mukofotlari topshirildi. Dunyoning eng nufuzli musiqiy mukofotlaridan biri hisoblangan marosimda yilning eng yaxshi san’atkorlari va asarlari e’tirof etildi. G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati Akademiyaning rasmiy veb saytida e’lon qilindi.
Asosiy sovrinlardan biri — “Yil albomi” Bed Banniga nasib etdi. Uning “Debi Tirar Mas Fotos” albomi tarixda ilk bor ispan tilidagi albom sifatida bu nominatsiyada g‘olib bo‘ldi.
Kechaning yirik g‘olibi Kendrik Lamar bo‘ldi. U bir vaqtning o‘zida to‘rtta nominatsiyada — “Eng yaxshi rep albomi”, “Yil musiqasi”, “Eng yaxshi musiqali rep ijrosi” va “Eng yaxshi rep ijrosi” — g‘olib bo‘lib, faoliyati davomida jami 26 ta Grammyga ega chiqdi va Jay-Z’ni ortda qoldirdi.
Asosiy g‘oliblar:
• Yil albomi: Debi Tirar Mas Fotos — Bed Banni
• Yil musiqasi: Luther — Kendrik Lamar & SZA
• Yil qo‘shig‘i: Wildflower — Billie Eilish & Finneas O’Connell
• Eng yaxshi yangi xonanda: Olivia Dean
• Eng yaxshi yakkaxon pop ijrosi: Messy — Lola Yang
• Eng yaxshi duet/guruh pop ijrosi: Defying Gravity — Cynthia Erivo & Ariana Grande
• Eng yaxshi pop albomi: Mayhem — Lady Gaga
• Eng yaxshi raqs/elektro albom: Eusexua — FKA twigs
• Eng yaxshi rep albomi: GNX — Kendrik Lamar
• Eng yaxshi R&B albomi: Mutt — Leon Thomas
• Eng yaxshi rok albomi: Never Enough — Turnstile
• Eng yaxshi alterbativ albom: Songs of a Lost World — The Cure
• Lotin Amerikasining eng yaxshi pop albomi: Cancionera — Natalia Lafourcade
• Eng yaxshi musiqiy klip: Anxiety — Doechii
• Eng yaxshi raqsbop pop musiqasi: Abracadabra — Lady Gaga
• Eng yaxshi rep ijrosi: Chains & Whips — Clipse, Pusha T & Malice feat. Kendrik Lamar & Pharrell Williams
• Eng yaxshi rok ijrosi: Changes (Villa Parkdan) — Yungblud feat. Nuno Bettencourt, Frank Bello, Adam Wakeman
• Eng yaxshi R&B ijrosi: Folded — Kehlani
• Yilning eng yaxshi taronalar muallifi: Emi Allen
• Eng yaxshi remiks: Abracadabra (Gesaffelstein Remix) — Gesaffelstein