
- 4
- 16.03.2023 13:50:00
- 1 min read
GPT-4 ikki professor va Casetext yuridik texnologiyas kompaniyasi ikki xodimi tomonidan o‘tkazilgan advokatlik imtixonini topshirib 297 ball to‘pladi. Advokatlik imtihoni yuridik yo‘nalishdagi insholar va testlarni, shuningdek, ko‘p tanlovli savollarni o‘z ichiga oladi.
GPT-4 imtihonda savollarning deyarli 76 foizga to‘g‘ri javob berdi, bu esa oddiy odam ko‘rsatkichlaridan 7 foiz baland ko‘rsatkichdir. GPT-3 esa taxminan 50 foiz savollarga to‘g‘ri javob bergan va imtixondan o‘tolmagan edi.
Chikago-Kent yuridik kolleji professori Daniel Martin Katzning aytishicha, u GPT-4’ning qiziqarli esselar yozish va testlardan o‘tish qobiliyatidan hayratda qolgan.