
- 0
- 11.03.2026 13:39:00
- 1 min read
Farg‘ona tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro 1 kg 232 gramm oltinni noqonuniy ravishda Qirg‘izistonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan vaqtda, ‘‘Vodil-avto’’ chegara bojxona postida qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, nostandart shakldagi 4 dona oltin quymasi jinoyatchi boshqaruvidagi avtomashinaning kuzov qismining ichiga yashirilgan. Shuningdek, ushbu oltin quymalarining umumiy qiymati 2 milliard 182 million 466 so‘mni tashkil qilib, bojxona tomonidan ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Hozirda, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi ‘‘a’’ bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.