
- 0
- 20.12.2025 16:11:00
- 1 min read
AQSHda bir o‘quvchi qiz maktabdagi Milliy yoshlar sharaf jamiyati (NJHS — National Junior Honor Society) a’zoligiga qabul marosimida qo‘lidagi shamga sochi tegib, yonib ketishiga bir bahya qoldi. Biroq, qiz bunga e’tibor bermay, marosimni xotirjam va vazmin tarzda davom ettirdi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘pchilikni qizning xotirjamligi bilan hayratga soldi.