Hamshiraning zo‘ravonligi sabab nogiron bo‘lib qolgan qizaloq

Hamshiraning zo‘ravonligi sabab nogiron bo‘lib qolgan qizaloq
  • 3
  • 22.01.2026 19:16:00
  • 1 min read

Turkiyaning Kahramanmarash shahrida 5 kunlik chaqaloq hamshira zo‘ravonligi oqibatida og‘ir jarohat olib, nogiron bo‘lib qoldi. Dahshatli voqea yillar davomida oiladan yashirilgan, haqiqat esa faqat 3 yil o‘tib ma’lum bo‘lgan.  
2021-yil 21-may kuni kam vazn bilan tug‘ilgan chaqaloq inkubatorga joylashtirilgan. 26-may kuni hamshira chaqaloqdan qon olish paytida uni urib, oyog‘ini siqib sindirgan. Bir necha kundan so‘ng chaqaloqning oyog‘ida shish va holsizlik sezilgan, tekshiruvda sinish aniqlangan. Xavfsizlik kameralari zo‘ravonlikni tasdiqlagan, biroq shifoxona rahbariyati bu holatni ota-onadan yashirib, bolani boshqa shifoxonaga yuborgan. Ota-onaga esa bolaning nogironligi tug‘ma ekani aytilgan. Hamshirani esa ishdan olishgan. Oradan uch yil o‘tib, 2024-yil iyun oyida ota-onaga suddan xabarnoma kelib tushgan. Shundan so‘ng ular qizining nogironligi tug‘ma emas, balki zo‘ravonlik oqibati ekanini bilishgan.
Oila advokati bu holatni oddiy tan jarohati emas, balki shafqatsiz qiynoq deb baholab, ayblanuvchining harakatlari “odam o‘ldirishga suiqasd” sifatida ko‘rib chiqilishi kerakligini ta’kidladi. Sud jarayoni davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News