Qirg‘izistondagi chang‘i kurortida qiz jarlikka qulab tushdi

Qirg‘izistondagi chang‘i kurortida qiz jarlikka qulab tushdi
  • 1
  • 09.02.2026 15:31:00
  • 1 min read

Qirg‘izistonda joylashgan tog‘-chang‘i kurortida chang‘i uchayotgan qiz jarlikka qulab tushib, og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 8-fevral kuni Chuy viloyati Alamuddin tumanidagi “Kashka-Kulak” tog‘-chang‘i kurortida sodir bo‘lgan. Do‘stlari bilan chang‘i uchish uchun kelgan 2006-yilda tug‘ilgan qiz yuqori tezlikda harakatlanib, jarlikka qulab ketgan. Uning ikki oyog‘i, chap qo‘li va umurtqa pog‘onasi singan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News