Germaniyada erkaklar uchun yangi cheklov joriy etildi

Germaniyada erkaklar uchun yangi cheklov joriy etildi
  • 7
  • 04.04.2026 17:19:00
  • 1 min read

Germaniyada 17–45 yoshdagi erkaklar mamlakatni 3 oydan ortiq muddatga tark etish uchun Bundesverdan (Germaniya qurolli kuchlari) maxsus ruxsatnoma olishi shart bo‘ldi. Bu tartib o‘qish, ishlash yoki uzoq safarlarga ham taalluqli bo‘lib, joriy yil 1-yanvardan kuchga kirgan.

Avval bu tartib faqat favqulodda yoki harbiy holatlarda amal qilgan bo‘lsa, hozirda “harbiy xizmatni modernizatsiya qilish” doirasida joriy etilib, asosiy maqsad — zarurat tug‘ilganda foydalaniladigan harbiy reyestrni shakllantirishdir. Shu bilan birga, ayrim istisno holatlarni joriy etish ustida ish olib borilmoqda, biroq hozircha ruxsatnoma olish majburiy bo‘lib qolmoqda. Qoidani buzganlarga qanday jazo qo‘llanishi esa hali ochiqlanmagan.

Mazkur o‘zgarish Germaniyada armiya safini kengaytirish rejalari bilan ham bog‘liq bo‘lib, kelgusida harbiylar sonini sezilarli oshirish ko‘zda tutilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News