Gasgo Oil BYD brendini obro‘sizlantirgani uchun jarimaga tortildi

Gasgo Oil BYD brendini obro‘sizlantirgani uchun jarimaga tortildi
  • 0
  • 12.12.2025 15:06:00
  • 1 min read

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi BYD Uzbekistan Factory murojaati asosida Gasgo Oil korxonasini tekshirib, ijtimoiy tarmoqlardagi reklama roliklarida BYD brendini obro‘sizlantiruvchi lavhalardan foydalangani uchun jarimaga tortdi. Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, bu harakat “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasini buzadi, ya’ni reklamada boshqa shaxslarning tovar yoki xizmatini kamsitish va badnom qilish taqiqlanadi. Maxsus komissiya ishni rasmiylashtirib, jarima qo‘llash va qonunbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berdi. Tashkilotlar qarordan norozi bo‘lsa, apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News