
- 0
- 04.07.2026 13:00:00
- 1 min read
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida suyultirilgan gaz ortilgan tanker portlab ketdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tanker yo‘l to‘sig‘iga urilgach, undan gaz sizib chiqqan va qisqa fursatda alangalanib ketgan.
Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi tan jarohati oldi. Yong‘in natijasida 2 ta avtomobil va 16 ta mototsikl yonib ketgan.
Voqea 26-iyun kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, uning tasvirlari kuzatuv kameralariga yozib olingan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.