O‘zbekiston oliygohlarida tadbirkorlik asoslari fani joriy etiladi

O‘zbekiston oliygohlarida tadbirkorlik asoslari fani joriy etiladi
  • 1
  • 09.06.2026 11:27:00
  • 1 min read

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalarida tadbirkorlik asoslari fani o‘qitila boshlaydi. Maqsad — talabalarni o‘qish davridayoq biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘rgatish va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
Shuningdek, startap loyihalar, spin-off korxonalar va amaliy loyihalarga talabalarni jalb qilish kengaytiriladi. Bitiruv malakaviy ishlarini esa ish beruvchi korxonalarda himoya qilish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yiladi. Oliy ta’lim muassasalarida karyera markazlari to‘liq ishga tushiriladi va ularning samaradorligi “Bitiruvchi sifati indeksi” orqali baholanadi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygohga 500 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Yil davomida yuzlab mehnat yarmarkalari va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News