
- 0
- 08.05.2026 18:11:00
- 1 min read
Jonyning 2020-yilda chiqqan “Kamin” qo‘shig‘i ijtimoiy tarmoqlardagi g‘alati neyro-videolar sabab yana mashhurlikka erishdi. Videolarda meva va sabzavotlar odamlar kabi sevishishadi, janjallashishadi, xiyonat qilishadi va hatto farzandli bo‘lishadi. Aynan shunday syujetlar internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi. Video fonida esa doim “Kamin” qo‘shig‘i yangraydi.
Bir oy ichida qo‘shiq YouTube Music platformasida 879 million marta tinglanib, mutlaq rekord o‘rnatdi. Natijada u Taylor Svift, Jastin Biber va Drake kabi jahon yulduzlarini ortda qoldirdi.
TikTok foydalanuvchilari hisob-kitobiga ko‘ra, Jony ushbu tinglovlardan taxminan 3 million AQSH dollar ishlab topgan.