
- 5
- 06.12.2025 15:45:00
- 1 min read
Avvalroq Toshkent metrosida elektron to‘lov tizimlari va chipta sotuvchi bankomatlar o‘rnatilishi ortidan kassa operatorlari shtati qisqartirilayotgani haqida xabar bergandik. 9-dekabrdan boshlab “Yerusti halqa yo‘li”ning barcha 14 ta bekati, shuningdek, “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlarida kassalar o‘z ish faoliyatini to‘xtatadi. Kassalar o‘rniga QR-kodli chiptalar taqdim etuvchi zamonaviy infokiosklar ishga tushirilgan. “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lumotiga ko‘ra, yil oxirigacha barcha bekatlarga bankomatlar o‘rnatilib, kassa operatori va katta operator lavozimlari butunlay bekor qilinadi. Bekor qilingan lavozimlarda ishlab kelayotgan xodimlar uchun bepul kasb-hunar o‘qish kurslari tashkil etiladi.