
- 0
- 16.12.2025 07:56:00
- 1 min read
Qirg‘izistonda bir ayol folbin tavsiyasi bilan biznesiga “yo‘l ochish” maqsadida 43 ming AQSH dollarini qabristonga ko‘mgan. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil may–oktabr oylarida folbin turli “marosimlar” orqali ayolning ishonchiga kirib, pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va yashiringan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 25 yoshli folbin qo‘lga olingan. Tergov ishlari davom etmoqda.