
- 1
- 06.01.2026 15:51:00
- 1 min read
Xitoyda Xaynan provinsiyasi markazi Xaykou shahrining sobiq meri va yuqori martabali partiya amaldori korrupsiya, mablag‘larni talon-toroj qilish va mansab vakolatlarini suiste’mol qilish ayblovlari bilan o‘lim jazosiga hukm qilindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda uning uyidan 13,5 tonna oltin quymasi va 23 tonna naqd pul topilib, musodara qilingan. Boyliklarning umumiy qiymati 286 milliard yuan deb baholangan. Shuningdek, amaldorning xorijdagi hashamatli mulklari va qimmat avtomobillari aniqlangan. Olti yil davom etgan tergov natijasida u davlat shartnomalari va yer bitimlari bo‘yicha yordam evaziga katta miqdorda pora olgani isbotlangan. Sud unga eng oliy jazo — o‘lim jazosini tayinladi.