
- 9
- 22.10.2025 12:04:00
- 1 min read
PayWay hammuassisi va Humans kompaniyasining sobiq top-menejeri Behzod Botirov O‘zbekistonda qimor o‘yinlarini noqonuniy tashkil etganlikda ayblanib qo‘lga olindi. Botirov 4-iyul kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi qarori bilan hibsga olingan. U Jinoyat kodeksining 278-moddasi 2-qismi (“qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish”) bo‘yicha ayblanmoqda. Sud tergovdan yashirish ehtimoli sabab hibs muddatini 2026-yil fevraligacha uzaytirdi. Ayblov tasdiqlansa, Botirov 7 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin. Tergov Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA)ning so‘roviga asosan boshlangan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, UPay kompaniyasi qonuniy operatsiyalar niqobi ostida qimor o‘yinlariga to‘lovlarni qabul qilgan, Botirov esa bu tizimni tashkil qilgan. Humans esa bu ishni “nomutanosib va asossiz” deb atab, iqtisodiy nizolar odatda ma’muriy yoki moliyaviy choralar bilan hal etilishini bildirdi.