“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari xalqaro qidiruvga berildi

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari xalqaro qidiruvga berildi
  • 0
  • 17.04.2026 17:41:00
  • 1 min read

“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJning sobiq boshqaruv raisi Dilshod Ahmedov Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi. 
Unga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Dilshod Ahmedov 2024-yil 16-oktabrda “Oʻzmetkombinat” boshqaruv raisi etib tayinlangan, 2025-yil avgust oyida esa lavozimidan ozod etilgan. Bundan avval u investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimlarda ishlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News