Soliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev qamaldi

Soliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev qamaldi
  • 0
  • 27.07.2026 17:16:00
  • 1 min read

Shayxontohur tuman sudida Soliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev va yana 8 nafar shaxsga oid jinoyat ishi bo‘yicha hukm e’lon qilindi.
Sud Mubin Mirzayevni juda ko‘p miqdordagi mulkni talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish hamda hokimiyat harakatsizligi bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topdi.
Hukmga ko‘ra, u 3 yil davomida ayrim lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Ish bo‘yicha sudlangan qolgan 8 nafar shaxs ham turli moddalar bilan aybdor deb topilib, ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, sud qarori bilan jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni undirish ham belgilandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News