
- 2
- 18.04.2026 10:34:00
- 1 min read
Masalliqlar:
2 pachka oddiy pechenye
1 stakan sut
3 osh qoshiq kakao
5 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq sariyog‘
1 stakan yong‘oq yoki funduk (ixtiyoriy)
1 dona oq shokolad
Tayyorlanishi:
Kichikroq qozonga sut, shakar, kakao, tomchili shokolad va sariyog‘ solib yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng, plitaga qo‘yib biroz isitib olinadi. Keyin, tayyor aralashma maydalab qo‘yilgan pechenyelar ustiga solinadi. Shu bosqichda hohishga qarab yong‘oq, funduk yoki pista ham qo‘shsa bo‘ladi. Birinchi gulli qolipga oq shokolad eritib surtiladi va ustiga tayyorlangan aralashma qo‘yiladi. Oxirgi bosqichda, qolipning usti strech plyonka bilan yopilib, muzlatgichga jo‘natiladi.
Yoqimli ishtaha!😋☕️🧁