
- 0
- 26.12.2025 09:07:00
- 1 min read
Burundi ikkinchi divizionida to‘p suruvchi “Gepar du Lak” klubi yarim himoyachisi Igiraneze Eme Gerik “Amassipiri”ga qarshi uchrashuv chog‘ida maydonda hushidan ketdi. Futbolchi shifoxonaga olib borilayotganida vafot etdi. Ayrim manbalarga ko‘ra, futbolchi o‘yin davomida tasodifan og‘zida bo‘lgan tangani yutib yuborgan bo‘lishi mumkin. Boshqa xabarlarda esa hodisa mahalliy e’tiqodlarda himoya vositasi hisoblangan “gri-gri” amuleti bilan bog‘lanmoqda. Mahalliy urf-odatlarga ko‘ra, bunday tumorlar egasini balo-qazolardan asraydi, deb ishoniladi. Biroq futbolchining o‘limiga aynan nima sabab bo‘lgani hozircha rasman tasdiqlanmagan.