Futbolchi amulet sabab vafot etdi

Futbolchi amulet sabab vafot etdi
  • 1
  • 29.12.2025 13:50:00
  • 1 min read

Burundi ikkinchi divizion klubi “Gepar du Lak” yarim himoyachisi Igiraneze Eme Gerik “Amassipiri”ga qarshi o‘yinda maydonda hushidan ketib, shifoxonaga olib borilayotganida vafot etgan. Ko‘p manbalar futbolchining o‘limiga o‘yin davomida tasodifan tangani yutib yuborganini yozishgan bo‘lsa, ayrim manbalar hodisaga sehrli amulet ya'ni “gri-gri” tumori sabab bo‘lganini aytishmoqda. Mahalliy keng tarqalgan odatga ko‘ra, tumor o‘z egasini bahtsizlikdan himoya qiladi. Biroq rasmiy sabab hali ochiqlanmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News