Bayramda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oshirilmaydi

Bayramda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oshirilmaydi
  • 0
  • 23.12.2025 15:17:00
  • 1 min read

Yangi yil bayrami arafasida talab keskin oshishi mumkin bo‘lgan muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligi ta’minlanadi. Raqobat qo‘mitasi yirik chakana savdo tarmoqlari — “Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit”ga tegishli ko‘rsatmalar yuborgan. Qayd etilishicha, savdo tarmoqlariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirish, logistika xarajatlari oshishi va narx ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa omillar to‘g‘risida qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish talabi qo‘yilgan. Qolaversa, chakana savdo tarmoqlari yetkazib beruvchilarni asossiz ravishda narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlantirib borishi, narx shakllanishida shubhali holatlar kuzatilganda bular bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi kerakligi qayd etilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News