
- 3
- 16.09.2026 10:41:00
- 1 min read
Masalliqlar:
1 dona tuxum
3 osh qoshiq shakar
bir chimdim tuz
400 ml kefir
1 choy qoshiq oziq-ovqat sodasi
300 gr un
Tayyorlanishi:
Birinchi tuxum, shakar va tuzni aralashtiramiz. Keyin kefir va sodani qo‘shib, yana aralashtiramiz. Oxirida unni elab, qo‘shamiz. Xamir quyuq smetana kabi bo‘lishi kerak. Xamir 10 daqiqa tingandan so‘ng, tovani ozgina o‘simlik yog‘i bilan yog‘lab, oladushkalarni o‘rtacha olovda ikki tomonini ham yopiq qopqoq ostida qizartirib pishiramiz. Tayyor bo‘lgan oladushkalarni quyultirilgan sut, shokolad pastasi yoki istalgan murabbo bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha❤️