
- 2
- 21.05.2026 19:46:00
- 1 min read
Navoiy viloyatining Xatirchi, Karmana va Nurota tumanlarida kuchli yomg‘irlar oqibatida sel-suv oqimlari yuzaga keldi.
21-may kuni soat 13:45–15:40 oralig‘ida tog‘li va tog‘oldi hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilib, ayrim joylarni sel bosgan. Xatirchi tumanida yo‘lning bir qismi tosh va loy bilan to‘silib qolgan. Natijada Nexia-1, Cobalt, Nexia-3 va UAZ-469 avtomobillari hamda bir nechta uy-joylarga zarar yetgan.
Shuningdek, Angidon, Langar, Kattasoy va Maydon soylariga yaqin hududlarda yashovchi aholi xavfsiz joylarga vaqtincha ko‘chirilgan. Karmana tumanida 7 ta xonadonning tomorqa va yordamchi qurilmalariga suv kirgan.
Hozirda hududlarda 37 ta texnika va 173 nafar mutaxassis ishtirokida tiklash ishlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jiddiy talafot va jarohatlanganlar qayd etilmagan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.