
- 0
- 09.01.2026 16:56:00
- 1 min read
5-yanvar kuni Bavariyaning Burgzinn shahrida qariyb 50 bosh qo‘y podasidan ajralib, Penny supermarketiga bostirib kirdi. Hayvonlar taxminan 20 daqiqa davomida do‘konda kezib, xodimlar va xaridorlarning ularni chiqarishga urinishlariga qaramay, ketishga shoshilmadi. Do‘kondagi mijozlarning ko‘pchiligi bu “qo‘y bosqini”ni kulib qarshi oldi. Supermarket rahbari Filipp Stiler yetkazilgan zarar uchun cho‘pondan pul talab qilinmasligini, buning supermarket uchun bepul reklama bo‘lganini aytdi.