
- 1
- 02.01.2026 10:05:00
- 1 min read
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi oldida turgan besh asosiy vazifani sanab o‘tdi. Bular: suv, ta’lim, tibbiyot, biznes va sud-huquq tizimi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suv masalasi agrar mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, kelajakdagi eng katta chaqiriqlardan biri hisoblanadi. Ta’lim va tibbiyotdagi islohotlar esa uzoq muddatli jarayon bo‘lib, ularning natijasi vaqt o‘tib seziladi.