
- 4
- 09.04.2026 10:58:00
- 1 min read
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Najimov Elmurod Iqboljon o‘g‘li O‘zbekiston Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ushbu lavozimda ishlab kelgan Tursunali Kuziyev boshqa ishga o‘tishi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Elmurod Najimov 1992-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti (bakalavr) 2016-yil hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabini (magistr) 2020-yilda tamomlagan.