
- 0
- 17.02.2026 09:17:00
- 1 min read
16-fevral kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portlab, yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. Yong’in gaz va havo aralmasining chaqnashi oqibatida sodir bo’lgan bo’lib, 28-uyning 50 kv.m. maydonda tom va shift qismi hamda uy jihozlari yongan. Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 1 nafar fuqaro vafot etgan. Hozirda hodisaning sabablari aniqlanmoqda.