
- 1
- 31.01.2026 16:01:00
- 1 min read
Bugun, 31-yanvar kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan Aviator Korzinka savdo binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Soat 15:47 da Parkent ko‘chasidagi bino yonayotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar berilgan. Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 15:53 da yetib borgan. Hozirda binodan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan, yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda. Jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q. Vaziyat FVBB nazoratida.