
- 0
- 13.12.2025 09:00:00
- 1 min read
13-dekabrga o‘tar kechasi Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, bozorning Beshariq ko‘chasida joylashgan ma’muriy binosida yong‘in chiqqani haqida soat 01:30 da xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari 01:34 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in 02:29 da qurshab olinib, 03:03 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.