
- 4
- 08.12.2025 09:42:00
- 1 min read
Hindistonning Goa shtatidagi tungi klubda yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida kamida 25 kishi vafot etdi, ularning ko‘pchiligi klub xodimlari bo‘lib, ba’zi turistlar ham jabrlangan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in gaz ballonining portlashidan kelib chiqqan deb taxmin qilinmoqda. Favqulodda vaziyat yuzasidan tergov boshlanib, hodisa sabablari aniqlanmoqda.