
- 0
- 28.02.2026 08:15:00
- 1 min read
Bosh prokuratura Toshkentda qoidabuzarligi bilan faxrlanishini aytgan BMW ishqibozi, Uzbelas Performance rahbari Asadbek Jumayevga berilgan jazo yuzasidan sudga protest kiritilganini e’lon qildi.
Videointervyu o‘rganilganidan so‘ng aniqlanishicha, Jumayev 2026-yil 16-yanvarda Mirzo Ulug‘bek tumani sudining qaroriga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-2-moddasi bo‘yicha 8,2 mln so‘m jarimaga tortilgan. Jumayev aytgan “10 ta minimalka” bor-yo‘g‘i maqtanchoqlik va piar maqsadida aytilganini, shuningdek intervyu kontekstdan chiqarilganini ta’kidlab, uzr so‘radi.
Hodisa va intervyu keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi: ekspertlar qonun hamma uchun teng bo‘lishi, tanish-bilish omili orqali yengil jazo berilmasligi zarurligini ta’kidlashdi. Shu fonida Adliya vazirligi noqonuniy poygalar va huquqbuzarliklarni tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.