Farg‘onada bir yoshli qizini o‘ldirgan ota 17 yilga qamaldi

Farg‘onada bir yoshli qizini o‘ldirgan ota 17 yilga qamaldi
  • 0
  • 03.02.2026 16:43:00
  • 1 min read

Farg‘ona viloyatida bir yoshli qizining o‘limiga sababchi bo‘lgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi 13-yanvar kuni uni qasddan odam o‘ldirish aybi bilan 17 yil ozodlikdan mahrum qildi. Voqea 2025-yil 11-sentabr kuni sodir bo‘lgan. 1995-yilda tug‘ilgan erkak oilaviy janjal paytida turmush o‘rtog‘idan qasd olish maqsadida bir yoshli qizini oshxona pichog‘i bilan jarohatlagan. Bola shifoxonaga yetkazilgan, biroq og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Sud hukmiga ko‘ra, jazo umumiy tartibli koloniyada o‘taladi, jazo muddati 2025-yil 12-sentabrdan hisoblanadi. Ayblanuvchining pushaymonligi jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida inobatga olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News